Yordam markazi

Savol bormi yoki yordam kerakmi? Pastdagi kanallar orqali biz bilan bog'laning.

💬

Telegram bot

Tezkor yordam, savollar va botdagi xizmatlar.

@play_matchbot
📧

Email

Batafsil savollar va biznes hamkorlik uchun.

info@playmatch.uz
📱

Ilova ichida

Profil → Yordam orqali to'g'ridan-to'g'ri yozing.

Ilovani ochish

Tez-tez so'raladigan savollar

Telefon kodi (SMS) kelmasa nima qilish kerak?

1) Internet aloqani tekshiring; 2) 1 daqiqadan so'ng "Qayta yuborish" tugmasini bosing; 3) Eskiz tomondagi vaqtinchalik muammo bo'lishi mumkin — Google yoki Apple bilan kiring; 4) Yordam bermasa, info@playmatch.uz ga yozing.

Apple bilan kirishda "error 1000" chiqsa?

Bu Apple ID xizmatining vaqtinchalik xatoligi. Internet aloqani tekshiring va qayta urinib ko'ring. Yoki telefon raqam orqali kiring.

Akkauntimni qanday o'chiraman?

Profil → Sozlamalar → Akkauntni o'chirish bo'limidan o'chirishingiz mumkin. Yoki info@playmatch.uz ga so'rov yuboring.

Stadion egasi sifatida qanday ro'yxatdan o'taman?

PlaymatchB2B ilovasini yuklab oling, telefon raqam yoki Google/Apple bilan kiring va "Stadioningizni qo'shish" yo'riqnomasini bajaring. Yoki Telegram bot orqali /add_stadium buyrug'i bilan ham qo'shishingiz mumkin.

Liga (chempionat) qanday ishlaydi?

Guruh ichida Liga bo'limini oching, jamoalarni qo'shing, format tanlang (round-robin yoki double-round-robin) va taqvim avtomatik yaratiladi. Natijalar kiritilgan zahoti turnir jadvali yangilanadi.

To'lov qaytarib olinmadi yoki ikki marta o'tdi?

Iltimos, info@playmatch.uz ga to'lov ID, sana, summa va o'zingizning telefon raqamingiz bilan yozing — 1-2 ish kuni ichida tekshirib javob beramiz.

Mahsulot rasmini AI to'ldirmadi (PM Seller)?

1) Internet aloqani tekshiring; 2) Rasmni JPG/PNG/WebP formatda yuklang; 3) Rasmda mahsulot aniq ko'rinishi kerak. Agar takror urinib ham ishlamasa, support'ga yozing.

Bug yoki xato topdim, qayerga yozaman?

Telegram @play_matchbot yoki info@playmatch.uz ga yozing. Iloji bo'lsa screenshot va xatolikning qadamlarini ham qo'shing — tezroq tuzatamiz.

Foydali havolalar